“Globallashuv sharoitida ona tili va adabiyotning ijtimoiy ahamiyati va uni saqlash tamoyillari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya.
Konferensiya to‘plamida Barqaror rivojlanishni ta‘minlashda iqtisodiyot, menejment, moliya va turizm sohalarning o‘rni, Aniq fanlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish masalalari va istiqbollari, Filologiya fanlarini o‘qitish orqali talim sifatini oshirishda innovatsion yondashuvlar kabi dolzarb mavzulardagi 3 ta sho‘ba bo‘yicha maqolalari jamlandi.
Ushbu to‘plam O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli farmoni, “Ma’naviyat va ma’rifat tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6100-sonli qarori hamda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasini hayotga tatbiq etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5127-sonli qarorida belgilab berilgan adabiy merosni keng o‘rganish, targ‘ib qilish, mumtoz adiblar asarlarini nashr qilish va o‘rgatish, yozuvchilar, olimlar va ijodkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash kabi asosiy masalalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan anjuman materiallaridan tashkil topgan.
"O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublika Prezidentining 5847-sonli Farmonida ko‘zda tutilgan vazifalardan biri – ilmiy izlanish yutuklarini amaliyotga joriy etish yo‘li bilan fan sohalarini rivojlantirish, ya’ni xalqaro ilmiy hamjamiyatda e’tirof etilishiga xizmat qilishdir. Shu va boshqa tegishli farmonlarda va qarorlarda belgilangan vazifalarini amalga oshirish maqsadida 2025 yil 11- aprel kuni Qo‘qon universiteti “Ilmiy tadqiqotlar” departamenti “Turızm sohasını rıvojlantırıshda xorıjıy tajrıba va ınnovatsıon yondashuvlar ” mavzusidagi xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyasi maqolalar to’plamini e‘lon qiladi.
Ta’limda Yangicha Yondashuv – Innovatsiya Sari Qo‘yilgan Qadam Konferensiyasi - Ilm-fan sohasidagi ayollar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, huquqlarini ta’minlash, manfaatlarini himoya qilish, ayollarni zo‘ravonlik va zulmdan himoya qilish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, gender tengligini joriy qilish nuqtai nazaridan ta’limda ijobiy ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritish.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 20-martdagi №76-sonli buyrug‘iga muvofiq Ilm-fan va ta’lim sohalarida faoliyat olib borayotgan professoro‘qituvchilar, tadqiqotchilar, talabalar, magistrantlar, doktorantlar va yosh olimlarning ilmiy tadqiqot natijalarini keng yoritish maqsadida Qo‘qon davlat pedagogika instituti Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasida 2024-yil 20-noyabr kuni “Boshlang‘ich ta’limni rivojlantirishning global masalalari: muammo va tadqiqot” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi va quyida ushbu konferensiyaning materiallar to‘plami e’lon qilinmoqda.
Qo‘qon universiteti hamda Toshkent xalqaro universiteti hamkorligida 2024 yil 18 aprel kuni “Yoshlar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim omili” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkazildi.
Kokand University Research Base, a cutting-edge platform designed to elevate the scholarly endeavors of Kokand University's distinguished faculty. Committed to fostering innovation, collaboration, and global knowledge exchange, our platform serves as a hub for collecting, curating, and disseminating the groundbreaking research conducted by the university's esteemed professors and teacher