O‘ZBEK ADABIY TILIDA ORFOEPIK ME’YORLAR SHAKLLANISHINING TARIXIY-LISONIY ASOSLARI
Keywords:
o‘zbek adabiy tili, orfoepik me’yor, talaffuz dinamikasi, til evolyutsiyasi, nutq madaniyati, sotsiolingvistika, jonli nutq, transformatsiya.Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek adabiy tilida orfoepik me’yorlarning shakllanish tarixi, ularning taraqqiyot bosqichlari va bugungi kunda yuz berayotgan lisoniy o‘zgarishlar dinamikasi tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida jonli so‘zlashuv nutqi, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar ta’sirida adabiy talaffuzda yuzaga kelayotgan transformatsiyalar tahlil qilingan. Til tizimidagi me’yorlarning barqarorligi va o‘zgaruvchanligi muammosi sotsiolingvistik hamda sinxron yondashuvlar asosida yoritib berilgan. Maqola so‘ngida o‘zbek tili orfoepiyasining rivojlanish tamoyillari umumlashtirilib, nutq madaniyatini yuksaltirishga doir amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonuni. – Toshkent, 1989-yil 21-oktyabr.
2. Reshetov V.V., Shoabdurahmonov Sh. O‘zbek dialektologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1978.
3. To‘ychiyev U. O‘zbek adabiy tili orfoepiyasi masalalari. – Toshkent: Fan, 1996.
4. Mahmudov N. Nutq madaniyati va davlat tili. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2012.
5. Yo‘ldoshev M. Adabiy til me’yori va nutq madaniyati. – Toshkent: Akademnashr, 2019.
6. Begmatov E. O‘zbek nutq madaniyati asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1999.
7. Mengliyev B. Zamonaviy o‘zbek tili sotsiolingvistikasi. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2021.


