ABDULLA QODIRIYNING MILLIY RUH TARBIYASIGA DOIR KONSEPSIYASI
Nurboy Jabborov
filologiya fanlari doktori, professor, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Keywords: roman, milliy ruh, millat axloqi, e’tiqod, iroda, milliy ozodlik, badiiy tasvir, so‘z qo‘llash mahorati, ifoda, ijod konsepsiyasi, adabiy-estetik mezon, badiiy talqin.
Abstract
Maqolada Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani muallifning millliy ruh tarbiyasiga doir konsepsiyasi nuqtai nazaridan tahlilga tortilgan. Muallifning fikricha, “O‘tkan kunlar” romanida milliy ruh quyidagi uch tamoyil asosida namoyon bo‘lgan: 1) millat ruhini mujassam etgan o‘ziga xos urf-udumlar, an’analar, qadriyatlar, millatning orzulari, armonlari talqini; 2) millatning o‘z-o‘ziga tanqidiy ruhda qaray olish salohiyati ifodasi; 3) asarda milliy shaxsiyatlarga xos sobit e’tiqodning poetik suvratlanishi. O‘z navbatida, bu tamoyillardan birinchisi – millatning axloqi, ikkinchisi – irodasi, uchinchisi – e’tiqodini tajassum etadi va bu uchlik yaxlit holda milliy ruhni tashkil qilishi haqida tahliliy fikrlar bildirilgan. Romanda milliy ruh ifodasi va badiiy mahorat yuksak darajada uyg‘unlashgani aniqlangan.
References
Ал-Джахиз Абу Усмон Амр. Фазойили атрок. /Арабские источники о тюрках в раннее средневековье. – Баку, 1993.
Боймуродова Ш. “Ўткан кунлар”ни инглиз тилига таржима қилган Марк Риз билан суҳбат. //Маърифат, 2018 йил 20 сентябрь.
Жабборов Нурбой. Миллатнинг янги куни. //Fidokor, 1999 йил 18 март.
Жўрақулов Узоқ. Биринчи ўзбек романи – “Ўткан кунлар”. /Назарий поэтика масалалари: Муаллиф. Жанр. Хронотоп. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги НМИУ, 2015.
Каримов Баҳодир. Қодирий насри – нафосат қасри. – Тошкент: O‘zbekiston, 2014.
Навоий Алишер. Муҳокамат ул-луғатайн. - Тўла асарлар тўплами, 10 жилдлик, 10-жилд. - Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги НМИУ, 2011.
Риз Марк Эдвард. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевга мактуб. /www.uza.uz, 2020 йил 7 январь.
Қодирий Абдулла. Ўткан кунлар. – Тошкент: Info Capital Group, 2017.
Қосимов Бегали. Қуёш борлигидай ойдин ҳақиқат. / Уйғонган миллат маърифати. – Тошкент: Маънавият, 2011.
Қўшжонов Матёқуб. Ўзбекнинг ўзлиги. /Танланган асарлар. – Тошкент: Sharq, 2018.