ABDULLA ORIPOVNING ADABIY O‘YLARI VA SUHBATLARI HAQIDA
Shoira Axmedov
Osiyo xalqaro universiteti professori, filologiya fanlari doktori
Keywords: adabiy suhbat, tanqid, shoir, adabiyot, ijod, she’riyat, kitobxon, suhbatdosh.
Abstract
Adabiyotshunoslik ilmining bugungi taraqqiyoti, estetik tafakkur kamolotini adiblarning suhbatlari, adabiy o‘ylari, esselarisiz tasavvur qilish qiyin. Adabiy esse asosan ijodkorning hayot hodisalariga oid kuzatishlari mag‘zini chaqishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Yozuvchi yoki shoirning adabiy o‘ylari san’atkor ijodiy laboratoriyasiga yo‘l ko‘rsatishi, adabiy jarayon, adabiyot haqidagi umumlashma kuzatishlari, ulardan ilmiy-nazariy xulosa chiqarishi jihatidan adabiy tanqid rivojida katta ahamiyatga ega. Bunday asarlarda o‘ylar, adabiy-tanqidiy qarash va adabiy kuzatishlar qorishiq holda keladi. Shuning uchun ko‘pchilik ijodkorlar shu siradagi asarlarini adabiy o‘ylar shaklida kitobxonlarga taqdim etganlari ko‘rinadi. Shu jihatdan qaraganda O‘zbekiston xalq shoiri A.Oripov asarlari adabiyot rivojida qanchalik katta o‘rin tutsa, ularning adabiy-tanqidiy maqola, adabiy o‘ylari, suhbatlari, qaydlari ham adabiyotshunoslik kamolida shunchalik muhim o‘rin tutadi. Bu esa uning adabiy jarayonga befarq emasligini, shoir qalbining doimo uyg‘oqligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston xalq shoiri A.Oripovning tanqidchi, olim, jurnalist va muxbirlar bilan olib borgan suhbatlari turli mavzularda bo‘lsa-da, ularni Adabiyot bir maydonga birlashtirishi jihatidan ilmiy- ma’rifiy ahamiyatga egaligi yaqqol ko‘rinadi.Shu bois ushbu maqolada shoirning adabiy o‘ylari va adabiy suhbatlari o‘rganilib, ularning adabiy jarayon rivoji uchun muhim jihatlariga e’tibor qaratildi.
References
Axmedova Sh. O‘zbek adabiy tanqidchiligi janrlari. Toshkent. “Fan”. 1998.
Axmedova Sh., Davronova Sh. O‘zbek adabiy tanqidi janrlari. O‘quv qo‘llanma. Toshkent.2023.
Axmedova Sh.Ma’rifatparvar jadid tanqidchilari. Germaniya. Glebe Edit. 2023.
Nematovna, Akhmedova Shoira. "Genre of literary portrait in the works of Alisher navai." scientific reports of bukhara state university/Nauchnыy vestnik” BuxGU: 127
Axmedova, Shoira Nematovna. "O‘ZBEK VA FRANSUZ ADABIYoTShUNOSLIGIDA PORTRETNAVISLIK TARAQQIYoTI." MEJDUNARODNЫY JURNAL ISKUSSTVO SLOVA 3.6 (2020).
Axmedova, Shoira Nematova. "PROGRESS PORTRETOPISANIYa V PERIOD GLOBALIZATSII V LITERATUROVEDENII." Rossiya-Uzbekistan. Mejdunarodnыe obrazovatelnыe i sotsialno-kulturnыe texnologii: vektorы razvitiya (2019): 12-14.
Axmedova, Shoira Nematovna, Loseeva-Tanem Baxtiyari, and Nasima Saidburxanovna Kadirova. "O Tvorcheskoy cpesifike Literaturnoy Kritiki." Miasto Przyszłości 42 (2023): 326-329.
Axmedova Sh. N. Xurshid Davronning adabiy–estetik qarashlari: //Obrazovanie i innovatsionnыe issledovaniya mejdunarodnыy nauchno-metodicheskiy jurnal. – 2022. – №. 6.2. Maxsus son. – S. 20-28.
Akhmedova Sh.N. Correspondence and literary criticism. Germany. Glebe Edit.2020.
Axmedova Sh., Nazarova D. Adabiy portret janrining nazariy jihatlari xususida “So‘z san’ati” xalqaro ilmiy jurnali. 4-jild . 3-son . 2021-yil.40-50-bet.
Baranov V.I.,Bacharov A.G.,Surovsev Yu.I.Literaturno-xudojestvennaya kritika. Uchebnoe posobie.M.: Vыsshaya shkola,1982.;
Asqad Muxtor.Yosh do‘stlarimga. Toshkent.1987.
Jamolova Z. O‘zbek tanqidchiligida adabiy obzor: tabiati va taraqqiyoti. F.f.b.f.doktori (PhD)....diss.Buxoro 2023.
Nazarov B, Rasulov A., Axmedova Sh.,Qahramonov Q. O‘zbek adabiy tanqidi tarixi. Darslik. 2012. 378 b.
Oripov A. Ehtiyoj farzandi. Toshkent. “Yosh gvardiya”, 1989. 42-bet
Oripov A. Tanlangan asarlar. 6-jild. Toshkent. 2010. “Sharq” NMAK. –B.198.
Xolmirzaev Sh. Esse-erkin janr // O‘zAS, 2003, 18.04. - № 16.
Epshteyn M. Zakonы svobodnogo janra // Voprosы literaturы. 1987, - № 1. – S.29-139.