ТIL, IJTIMOIY EKOLOGIYA VA SHAXS MA’NAVIYATI
MUMINOV Siddiqjon
FarDU professori, filologiya fanlari doktori
XOLMATOVA Dilshoda
FarDU tadqiqotchisi
Keywords: til, jamiyat, ijtimoiy ekologiya, ta’sir, shaxs, salomatlik, ma’naviyat.
Abstract
Maqolada dunyoning avvali va oxiri bo‘lgan so‘z, til uning ijtimoiy ekologiyaga, shaxs ma’naviyati va salomatligiga ta’siri masalasi tahlilga tortilgan. Buning uchun avvalo mavzuning dolzarbligi, inson va uning jamiyatda tutgan o‘rni, ekologiya va uning turlari, so‘z ta’rif-tavsifiga, bu mavzuda yaratigan asarlarga qisqacha to‘xtalib o‘tilgan. So‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiydan tortib zamonaviy o‘zbek, rus va ingliz olimlari, ijodkorlarining mavzuga oid asarlariga e’tibor qaratilgan. Hozirgi davrda ong shakllanishining ekologiyalashtirish tendensiyasi kuchayib, iqtisodiy ekologiya, eko-etika, eko-estetika, ekologiya va ruh munosabatlari, ekologik huquq, ekologik siyosat va hokazo yo‘nalishlar vujudga kelganligi bayon etilgan. Jamiyat va inson o‘zaro munosabatining ijtimoiy-ekologik asoslari, muloqot ekologiyasi, muloqot ekologiyasining lingvopragmatik tasnifi, jumladan, tinglash, sukut va muloqot ekologiyasi, ifoda vositalari, nutqning hasrat tipi va muloqot ekologiyasi mavzulari ham maqola mavzusi ko‘lami doirasiga kiradi. Oila axloqi va muloqot ekologiyasi, oila boshliqlari o‘rtasidagi muomala meyorlari, ota-ona va farzandlar, turli ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi muomala meyorlari tushunchalari ham borki, bu meyorlarning buzilishi inson salomatligiga, ma’naviy olamiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada aynan mana shu dolzarb masalalar bo‘yicha tahlil va mulohazalar beriladi. Zero, dunyo tibbiyotiga oid ilmiy manbalarda davolashning uch yo‘li: 1- giyoh bilan, 2- tig‘ bilan va 3-si – so‘z bilan davolash yo‘llari borligi qayd etiladi. Ushbu maqola uchinchi, aslida birinchi va eng qulay, eng sodda, samarali usul – SO‘Z orqali ta’sir etish masalasiga qaratilganligi bilan dolzarblik kasb etadi.
References
Каган М. С. Мир общения. – М.: Политиздат, 1988.
Камычек Я. Вежливость на каждий день. – М.: Знание, 1988.
Рустамов А. Сўз хусусида сўз. – Тошкент: EXTREMUM PRESS, 2010.
Воҳидов Э. Сўз латофати. – Тошкент: O ‘zbekston, 2014.
Маҳмудов Н. Тилимизнинг тилла сандиғи. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2012.
Умархўжаев М. Сўз дунёси – тил дунёси, тил дунёси – сўз дунёси. – Андижон, 2023.
Мўминов С., Холматова Д. Ижтимоий экология муаммолари. – Фарғона: “Фарғона”, 2014.
Сиддиқ Мўмин. Тиллашиш ва диллашиш – Фарғона: “Фарғона”, 2022.
Содиқова Т. Сўз сеҳри. – Тошкент.: DAVR PRESS, 2009.
Раҳмонов М. Сўзлар оламига саёҳат. – Тошкент: Фан, 2012.
Раҳмонов М. Сўз ва саломатлик. – Фарғона: “Фарғона”, 2022.
Шодиметов Ю. Ижтимоий экологияга кириш. Олий ўқув юртлари учун дарслик.– Тошкент: Ўқитувчи, 1994.