MUSTAQIL FIKRLOVCHI YOSHLARNI TARBIYALASHDA TA’LIM JARAYONI VA OILANING O‘ZARO BOG‘LIQLIGINI TA’MINLASH YO‘LLARI

Muxlisaxon Abdujalilova

Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi

Sarvinoz Yo‘lchiyeva

Yozyovon tumani 40-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi


Abstract

Ma’lumki, o‘zbek xalqi azaldan o‘zining bolajonligi, oilaparvarligi bilan ajralib turadi. Albatta farzandga mehr qo‘yish, ularning qornini to‘q, ustini but qilish o‘z yo‘li bilan, lekin bolalarimizni yoshlik chog‘idan boshlab milliy tarbiya, axloq-odob, yuksak ma’naviyat asosida voyaga yetkazish biz uchun doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Bu masalaga e’tibor bermaslik nafaqat ayrim ota-onalar, balki butun jamiyat uchun juda qimmatga tushishini ham ko‘pgina hayotiy misollarda ko‘rish mumkin. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida shakllanadi. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar–yaxshilik va ezgulik, olijanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir. Shuning uchun ham aynan oila muhitida paydo bo‘ladigan ota- onaga hurmat, ularning oldidagi umrbod qarzdorlik burchini chuqur anglashhar qaysi insonga xos bo‘lgan odamiylik fazilatlari va oilaviy munosabatlarning negizini, oilaning ma’naviy olamini tashkil etadi. Ko‘pyillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson o‘z umri davomida oladigan barcha informatsiyaning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda olar ekan. Bugungi kunda “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart!” degan hayotiy da’vat har birimizning,ota-onalar va keng jamoatchilikning ongi va qalbidan mustahkam o‘rin egallagan. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz aholisining 32 foizini yoki 10 millionini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarimiz tashkil etadi. Yoshlarimiz haqli ravishda Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo‘lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. Bu sohada olib borilayotgan keng miqyosli ishlarimizni, xususan, ta’lim-tarbiya bo‘yicha qabul qilingan, umummilliy dasturlarimizni mantiqiy yakuniga yetkazishimiz zarur. Shu maqsadda Hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta’lim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi-yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir. Farzandlarimiz uchun zamonaviy ish joylari yaratish, ularning hayotda munosib o‘rin egallashini ta’minlashga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz.


References

Sh.Mirziyoyev. “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” Toshkent, O‘zbekiston-2018 yil.

I. A. Karimov“Yuksak ma’naviyat–engilmas kuch” Toshkent, Ma’naviyat-2008-yil.

“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi”,Toshkent,O‘zbekiston-2018-yil

A.Zunnunov,M.Xayrullaev, B.To‘xliev, N.Hotamov“Pedagogika tarixi”, Sharq, Toshkent-

-yil.