ICHIMLIK SUVI SIFATI MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
Go‘zal Sherqo‘ziyeva
“Atrof muhit gigiyenasi” kafedrasi dotsenti.,t.f.n.,
Feruza Salomova
“Atrof muhit gigiyenasi” kafedrasi professor,t.f.d.,
Marjona Bahriddinova
“Tibbiy profilaktika ishi” ta’lim yo‘nalishi 4 kurs talabasi.,
Bekzod Toshpo‘latov
“Tibbiy profilaktika ishi” ta'lim yo‘nalishi 3 kurs talabasi., Toshket tibbiyot akademiyasi
Abstract
Suv inson hayotida muhim ahamiyatga egadir. Uning ahamiyati faqatgina inson va hayvon hayoti bilan bog‘liq bo‘lmay, balki o‘simlik dunyosi uchun ham juda muhimdir. Suv xalq xo‘jaligida keng ko‘lamda qo‘llanadi, jumladan sanoat korxonalari, texnik ehtiyojlar, hamda qishloq xo‘jaligidagi sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda ko‘plab sarflanadi. Ma’lumotlariga ko‘ra yiliga o‘rta hisobda 60-62 km3 hajmdagi suvning - 90% qishloq xo‘jaligi, 2% sanoat korxonalari uchun, 1% baliq xo‘jaligi, 1% energetika, 5% kommunal xo‘jalik va 1% boshqalar uchun sarflanadi. Aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash va shu yerdagi aholining salomatlik ko‘rsatkichlari, ko‘pgina epidemik kasalliklarni bartaraf qilinishi, aholi yashash joylarini obodonlashtirilishi va turar-joy binolarining sanitar komfortini ta’minlash masalalari chambarchas bog‘liqdir. Suv muhiti yuqumli kasalliklarning tarqalishida bizning Respublikada juda muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Butun dunyo sog‘liqni saqlash tashkilotining bergan ma’lumotlariga qaraganda 80% miqdordagi barcha kasalliklar u yoki bu shaklda aholi tomonidan sifatsiz suvlarni iste’mol qilish bilan bog‘liqdir. Hozirgi kunda deyarli 4,2 milliard kishi suv tarmog‘idan foydalanmoqda; 2,4 milliard aholi boshqa sifati yaxshilangan suv manbalaridan, shu jumladan himoyalangan quduqlaridan foydalanmoqda.
References
Артукметов З.А.Сув ресурслари ва сувдан фойдаланиш.Тошкент 2007 й
Шеркўзиева Г.Ф.,Сайфутдинова З.А.//Результаты надзора за состоянием водных объектов в местах водопользования населения.Научный журнал «Молодой ученый» Спец выпуск, 2016г., № 1(86) (37-39 стр.).
Шeрқўзиева Г.Ф.//Эколого- гигиеническая оценка состояния открытых трансграничных водоемов Узбекистана. Научный журнал «Молодой ученый», 2016г., № 7 (294-297 стр.).
Шерқўзиева Г.Ф.,Данаев Б., Юсупхўжаева А.М., Мустанов Ж. //Очиқ сув ҳавзаларининг эколого- гигиеник холатини бахолаш.Медицинский журнал Узбекистана №1 2016. 72-73 стр.
Шерқўзиева Г.Ф.,Атабаева Г.Ш., Рашидхонова Н.Б//Проблемы загрязнения водохранилищ в условиях Узбекистана Научный журнал Молодой ученый». – Казань, 2017. - №8 (112). – С. 7-8