BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA BAHOLASH JARAYONINING AFZALLIKLARI VA TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRUVCHI, ADABIY-NUTQIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRUVCHI VOSITA SIFATIDA
Diloromxon O‘smanova
Andijon davlat pedagogika instituti, Tayanch doktoranti
Keywords: Baholash, PISA, PIRLS, TIMSS, kompetensiyalar, pedagogik xatolar, mantiqiy fikrlash, mustaqil fikrlash, axborot, konstruktiv jarayon, interaktiv jarayon.
Abstract
Yosh avlodni mustaqil fikrlay oladigan, yangilik yarata oladigan qilib tarbiyalash har qanday davrning talabi bo‘lib kelgan va davr talabi bo‘lib qolada. Shundan kelib chiqqan holda O‘zbekistondagi amalga oshirilayotgan ta’lim to‘g‘risidagi barcha qonun va qoidalar kelajak avlodni mustaqil fikrlaydigan va yangilik yarata oladigan qilib tarbiyalashga qaratilmoqda. O‘qish fani misolida olsak, fanga oid “adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish)” kabilar nafaqat pedagog uchun belgilangan va shakllantiriladigan tushuncha, balki muhim reja va maqsadlar yo‘nalishi hisoblanadi. Maqolada yosh avlodni tarbiyalashda boshlang‘ich ta’lim fanlari o‘qituvchisi hamda ta’lim va jarayon qanday bo‘lishi kerakligi, bilimlar poydevori boshlang‘ich ta’lim ekanligi, o‘quvchilarning bilimini to‘g‘ri aniqlash va baholash, ularning adabiy-nutqiy kompetensiyalarini shakillantirish juda muhim ekanligi, xalqaro tadqiqotlarga tayyorlab borish ishlarini boshlang‘ich ta’limdan boshlash zarurligi, hamda allomalarimizning muhim asarlari avlodlarga qay darajada kerak qo‘llanma ekanligi mazkur maqolada yoritilgan.
References
Abu Nasr Forobiy. “Fozil odamlar shahri”. Nodir va dono fikrlar. —Toshkent. “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2004. — 160 b.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Pf-5712-sonli Farmoni.
Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Toshkent. 2011. 12-bet.
↑ PIRLS xalqaro baholash dasturi
Xalqaro tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash. Uslubiy qo‘llanma. Toshkent. 2019. 6-10-betlar.
Andrés Christiansen, Rianne Janssen, Educational Assessment, Evaluation and Accountability. Volume 36, Issue 3, Pages 337 – 363 August 2024.
PIRLS 2016 International Database, https://www.iea.nl/data-tools/repository/pirls, (assessed on January 21st, 2022).