O‘ZBEK XALQ DOSTONLARIDA JISMONIY BARKAMOLLIK VA QAHRAMON MODELI (“KUNTUG‘MISH” DOSTONI MISOLIDA)
Shahboz Ergashev
Qo‘qon universiteti mustaqil izlanuvchisi
Keywords: xalq dostoni, jismoniy barkamollik, qahramon modeli, bahodirlik, ma’naviy komillik, qahramon obrazi, folklor, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi.
Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek xalq dostonlarida jismoniy barkamollik va qahramon modeli masalasi “Kuntug‘mish” hamda “Rustamxon” dostonlari misolida tahlil qilinadi. Xalq dostonlarida qahramon obrazi nafaqat jismoniy kuch va jasorat timsoli, balki ma’naviy komillik, sabr-toqat, sadoqat va vatanparvarlik kabi yuksak insoniy fazilatlarning badiiy ifodasi sifatida namoyon bo‘lishi yoritiladi. Maqolada “Kuntug‘mish” dostonidagi qahramonning jismoniy barkamolligi ko‘proq chidamlilik, matonat va sabr orqali shakllangani, “Rustamxon” dostonida esa jangovar qudrat, bahodirlik va jismoniy ustunlik orqali namoyon bo‘lishi asoslab beriladi. Shuningdek, har ikki doston misolida xalqning ideal qahramon haqidagi tasavvuri qiyosiy tahlil qilinib, jismoniy barkamollikning
ma’naviy yetuklik bilan uzviy bog‘liqligi ochib beriladi. Tadqiqot natijasida xalq
dostonlari yosh avlodni komil inson ruhida tarbiyalashda muhim manba ekanligi
asoslanadi.
References
1. Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. (darslik) T.: Musiqa, 2010. 368 b
2. O‘zbek folklorining epik janrlari. Tadqiqotlar to‘plami (Doston uning turlari va tarixiy taraqqiyoti. Mirzayev T, Sarimsoqov B) T.: Fan, 1981. 160 b
3. Jo‘rayev M, Eshonqulov J. Folklorshunoslikka kirish. (o‘quv qo‘llanma) T.: barkamol fayz media, 2017. 180 b
4. XX asr o‘zbek folklorshunosligi antologiyasi. T.: Davlat ilmiy nashriyoti, 2017. 592 b
5. Mirzayev T, Turdimov Sh. O‘zbek folklori. T.: Malik Print Co, 2021. 240 b
6. “Xalq og‘zaki ijodi” turkumi. T.: Oltin qalam, 2024. 240 b
7. “Xalq og‘zaki ijodi” turkumi. T.: Zukko kitobxon, 2021
8. O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari. 100 jildlilik, 11-12-jild. T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyoti-matbaa ijodiy uyi, 2020.


