MAVSUMIY-MAROSIM FOLKLORIDA JISMONIY TARBIYA G‘OYALARI VA ULARNING PEDAGOGIK TALQINI
Shahboz Ergashev
Qo‘qon universiteti mustaqil izlanuvchisi.
Keywords: mavsumiy-marosim folklori, jismoniy tarbiya, xalq pedagogikasi, folklor-pedagogik an'ana, Navro‘z, harakat madaniyati, milliy tarbiya g‘oyalari, sinkretik marosim.
Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek mavsumiy-marosim folklorida ifodalangan jismoniy tarbiya g‘oyalari tarixiy-pedagogik tahlil qilinadi. Navro‘z, “GLOBALLASHUV SHAROITIDA ONA TILI VA ADABIYOTNING IJTIMOIY AHAMIYATI VA UNI SAQLASH TAMOYILLARI” Lola sayli, Shoxmoylar, Loy tutish, Sust xotin, Boychechak, Halinchak, Oblo baraka va Gap-gashtak kabi marosimlar harakat komponenti, verbal qatlam va tarbiyaviy funksiya nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Tadqiqot qishki, bahorgi, yozgi va kuzgi marosimlar turkumidagi barcha harakat an'analarini yagona mezonlar tizimida tahlil qiladi. Natijada mavsumiy-marosim folklorida beshta asosiy pedagogik g‘oya ajratib ko‘rsatildi: 1) jismoniy va aqliy kamolot birligi; 2) harakat faolligining bayram shakli; 3) mehnat va jismoniy chiniqish birligi; 4) sog‘liqni jismoniy va ruhiy birlikda tushunish; 5) jismoniy tarbiyaning so‘z vositasida qadriyatlashtirilishi. Maqolada ushbu g‘oyalarni zamonaviy ta'lim amaliyotiga tatbiq etish bo‘yicha «Navro‘z xalqona sport bayrami» namunaviy modeli va mezonlar tizimi tavsiya
etiladi.
References
1. Саримсоқов Б. Ўзбек маросим фольклорининг поэтикаси. - Тошкент: Фан, 1986. 198 - б.
2. Жўраев М. Наврўз: тарихи, маросимлари, фольклори. - Тошкент: Ўзбекистон, 1992. - 144 б.
3. Сафаров О. Ўзбек болалар фольклори. - Тошкент: Ўқитувчи, 1978. - 156 б.
4. Авлоний А. Туркий гулистон ёхуд ахлоқ. - Тошкент: Ўқитувчи, 1992. - 159 б.
5. Ибн Сино. Тиб қонунлари. I жилд. -Тошкент: Фан, 1981. - 380 б.
6. Волков Г.Н. Этнопедагогика. - Москва: Просвешчение, 1974. - 240 с.


